«PI» soni, p soni

«PI» soni, p soni — aylana uzunligining diametriga nisbati; irratsional son va transtsendent (ya’ni butun koeffitsientli algebraik tenglama ildizi bo’lmagan) son. Aylana uzunligi, doira yuzi, aylanma jismlar hajmini hisoblashda qo’llaniladi.