Piretroidlar
Piretroidlar — insektisid- lar, tsiklopropankarbon k-ta hosilariga mansub kimyoviy birikmalar guruhi. P.ning nisbatan kichik norma va past kontsentrasiyali ish suyuqligini ko’pgina zararli hasharotlarga qarshi qo’llaganda yuqori samaraga erishish mumkin. P. g’o’za va sabzavot ekinlari zararkunandala- riga qarshi kurashda istiqbolli Pre- paratlardan hisoblanadi. O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish in-tida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra qo’llash uchun ruxsat etilgan preparatlar ro’yxatiga P.dan ambush, desis, sumisi- din, Tsim-Bush, ripkord, Danitol, sumi- alfa, talstar, karate kiritilgan. Juda ko’p zararkunandalarga ta’- sir qilish xususiyatiga ega. Kapala- klar, qo’ngizlar, qandalalar, pash- shalar, o’simlik bitlari, kanalar va oqqanotlarga qarshi qo’llanganda yaxshi samara beradi. G’o’zada, asosan, g’o’za tun- lami, kuzgi tunlam, o’simlik bitlari, qan-dalalar va oqqanotlarga qarshi ku- rash uchun tavsiya etilgan. Sarf normasi 0,4—1 kg/ga; ish suyuqligi 200-300 l/ga. O’rtacha zaharli.