Piridin
Piridin, C5H5N — rangsiz, o’ziga xos xidli organik suyuklik. Mol. m. 79,1, suyuklanish t-rasi -42,7°, kaynash t-rasi 115,3°, zichligi 981,9 kg/m3 (20° da). Suv va ko’pchilik organik erituvchi- lar b-n har qanday nisbatda aralashadi. Kuchsiz asos, kislotalar b-n tuzlar hosil qiladi. Toshko’mir smolasidan olinadi. Bo’yagichlar sintezida, dorivor moddalar va insektisidlar olishda, erituvchi si- fatida ishlatiladi. Hosilalari, mas, 2-metil 5-Vin il piridin vinilpiridin kauchuklar tayyorlashda qo’llanadi. P. za- Xarli.