Pirmastiy afzali

Pirmastiy afzali (1840 — bu- xoro — 1915) — shoir va tazkiranavis. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Tib va bashorat ilmini ham yaxshi bilgan. Pirmast qishlog’ida 3 yil muftiy bo’lib ishlagan. 1900 y.da saroy xizma-tiga ki- rib, Amir Abdulahad topshiri-g’iga ko’ra, tazkira tuzish b-n shug’ullangan. «Afzal ut-tazkir Fi zikr ush-shuaro val-ash’or» («Shoirlar va she’r to’g’risida eng af- zal tazkira», 1904) tazkirasi adabiyot- shunoslik tarixida «afzal ut-tazkir» («Tazkiralarning afzali») nomi b-n mashhur bo’lib, unda 19-a. 2yarmi va 20- a. boshlarida Buxoroda yashab ijod etgan 135 ijodkor haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Tazkira o’sha davrdagi Buxoro adabiy muhitini o’rganishda qimmatli ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu taz- kira Du-shanbada nashr etilgan (1976). «Afzay» taxallusi b-n she’rlar ham yoz- gan. Sadr Ziyo «Navodiri Ziyoiya» («Ziyo nodirliklari») tazkirasida P.ga yuqori baho bergan. Asar qo’lyozmasi Sankt- Peter-burgdagi Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.