Piroksenlar
Piroksenlar (Yun. rug — olov va xenos — begona) — zanjirli silikat lar kichik guruhiga mansub tog’jinslarini hosil qiluvchi minerallar gu-ruxi. Ki- myoviy tarkibi Me,[Si2O6], bunda Me — magniy, kaltsii, temir va b. metallar ka- tionlari. Kristallografik belgilariga qarab rombik va monoklin P. bo’ladi. Rombik P. magniy, temir metasilikat- laridan iborat uzluksiz izomorf ara- lashma Mg2 [Si2O6] Fe2[Si206] qatorini hosil qiladi. Magniyli enstatit — Mg2[Si2O6] va mag-niy-temirli giper- Sten — (MgFe2) [Si2O6] ko’p tarqalgan. Monoklin P.ning tarkibida magniy va temirdan tashqari kaltsiy ham bo’lib, bu guruhga diopsid, gedenbergit, avgit, jadeit, egirin va spodumen minerallari kiradi. Monoklin P. asosan, skarnlar- da va effuziv jinslarda uchraydi. Qat- tikdigi 5-6,5; zichligi 3100-3600 kg/ m3. Rombik va monoklin P. mono-mine- ralli o’ta asosli tog’jinslari (pirok- senitlar)ni tashkil qila-Di, shuningdek, boshqa o’ta asosli tog jinslari (perido- titlar, Gars-burgitlar va b.) tarkibiga kiradi. Monoklin P. keng tarqalgan. Diopsid — gedenbergitlar — kontakt metasomatik skarnlarning odatdagi mi- nerallaridir; avgitlar magma-tik tog’ jinslari (bazalt, andezit, gabbro, dio- rit va b.)da uchraydi; egirin — ishqoriy sienitlarning odatdagi minerali; Jade- it ayrim me-tamorfik tog’jinslarida bo’ladi; spodumen faqat litiyli pegma- titlardagina mavjud. Monoklin P. (AV- gitlar) oydagi bazaltlarning asosiy minerali hisoblanidi. Gidrotermal eritmalar ta’sirida P. serpentin, shox aldamchisi (uralit), xlo- rit, epidot va b.ga o’tadi. Sirtqi nurash jarayonida esa P. montmorillonit va b.ga aylanadi. Spodumen — Li ajratib olinadigan qimmatli ruda, uning tiniq, shaffof turlari qimmatbaho tosh sifa- tida ishlatiladi; jadeit — yasama tosh.