Plastidalar
Plastidalar (Yun. plastos — shakllangan) — avtotrof o’simliklar hujayrasining pigmentli organoidla- ri; organik moddalar sintezini amalga oshiradi. Yuksak o’simliklarda 3 xil-ga: yashil xloroplastlar (XP), rangsiz leyko- plastlar (LP) va rangli xromo-plastlar (XR)ga bo’linadi. XP — Lin-zasimon yoki sharsimon tangachalar, o’lchami 4-6 mkm; tarkibida 50% ga yaqin oqsillar, 35% lipidlar va 7% pigmentlar, shuning- dek, ozroq dezok-siribonuklein kislota (DNK) va ri-bonuklein kislota (RNK) bor. Yuksak o’simliklarda XP pigment- lari yashil a va v xlorofillar hamda ka- rotinoidlardan iborat. Xpdagi DNKlar yadro DNK sidan farq kiladi va ko’kyashil suvo’tlar hamda bakteriyalar DNKsiga o’xshaydi. LP-rangsiz, dumaloq yoki cho’ziq mayda tanachalar bo’lib, o’simliklarning hamma tirik hujayralarida mavjud. Lpda oddiy organik birikmalardan bir- muncha murakkab moddalar (kraxmal va b.) sintezlanadi. LP to’planadigan modda- lariga qarab amiloplastlar, eleoplast- lar va proteinoplastlarga bo’linadi. XR dumaloq, noto’g’ri ko’p qirrali yoki igna- Simon shaklda; tarkibida kuzgi barglar, gul-yonbargchalar, pomidor, chetan, Marva- ridgul va b.ning pishayotgan mevalariga sariq, qizil rang beradigan karotino- idlar bor. P.ning bir xili boshqa-siga (mas, LP XP ga, XP XR ga) aylanishi mumkin.