Plazmoliz
Plazmoliz (plazma va …Liz) -o’simlik qujayralarida tsitoplaz- maning xujayra qobig’idan ajralish ja-rayoni. Faqat tirik hujayralarda hujayra shirasiga nisbatan giperto- nik hisoblangan eritma ta’sirida ku- zatiladi. P. jarayoni sekin borganda hujayra uzoq vaqt davomida tirikligicha qoladi. Bunday hujayralarni suvga yoki gipotetik eritmaga tushirilsa, deplaz- moliz jarayoni sodir bo’lib, tezda tur- gor holati tiklanadi. Uzoq vaqt davom etgan P. sharoitida hujayra halokatga uchraydi. To’qimalarda sodir bo’ladigan P.ni qiyosiy baholash uchun ikki xil: chegaralangan P. va plazmo-metrik me- todlardan foydalaniladi. Birinchi metod Niderlandiya olimi X. De Friz (1884) tomonidan taklif etilgan. Bunda to’qimalar KNO3, saxaroza, NaCl osma- tik jihatdan faol bo’lgan moddalarning eritmasiga botiriladi va eritmaning 50%da hujayraning P.ga uchragan kon- tsentrasiyasi aniqlanadi. Plazmometrik metodda esa P.dan keyin hujayra va Pro- toplastning nisbiy hajmi aniqlanib, eritma kontsentrasiyasini hisobga olgan holda tegishli formula yordamida Xu- jayraning osmatik bosimi aniqlanadi. P. hodisasidan hujayraning o’tka- zuvchanligi, qovushqoqligi, osmatik bo- simi va b. xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladi.