Pokrishkin Aleksandr Ivanovich

Pokrishkin Aleksandr Ivanovich (1913-85) — aviatsiya marshali (1972), 3 marta Qahramon (1943 yilda 2 marta, 1944). 2-jahon urushi davrida qiruvchi aviatsiyada eskadrilya, polk, diviziya komandiri; 156 havo jangida 59 ta dushman samolyotini urib tushirgan. 1968-71 yillarda mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qo’shinlari bosh qo’mondoni o’rinbosari. 1972— 81 yillarda SSSR DOSAAF MK raisi.