Poksviruslar
Poksviruslar (Poxviridae) — eng yirik DNKga ega bo’lgan viruslar. Virionlari (o’lchami 300x240x100 nm) DNK li markaz va membrana bilan o’ralgan yon tanachalardan iborat. 2 zanjirli bitta DNKga ega. Hasharotlar, qushlar, sut emizuvchilar hujayrasi Tsitoplazmasida ko’payib, hujayrada DNK, RNK va oqsillar sinteziga monelik qiladi. Ayrim Poksviruslar hasharotlar orqali yuqadi. Poksviruslar odam va hayvonlarda toshmali kasalliklarni paydo qiladi. Odamlarning eng xavfli kasalliklaridan biri chin chechakning qo’zg’atuvchisi.