Po’latov Sur’at Obidovich
Po’latov Sur’at Obidovich (1931. 23.10, Toshkent) — aktyor, xonanda (dramatik bariton). O’zbekiston xalq artisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1952). 1952—56 yillar Qashqadaryo teatrida aktyor, bosh rejissyor (1955— 56), 1956 yildan Muqimiy teatrida aktyor. Po’latov ijodi qahramonlaridagi ezgu tuyg’ular, kuchli psixologik talqini, ularning ichki kechinmalarini ochilishda chiroyli musiqiy xonishlar bilan to’ldirishi, o’ziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Ravshan («Ravshan va Zulxumor»), Haydar («Nurxon»), Zafar («Zafar»), Teshaboy («Toshbolta oshiq»), Aziz («Farg’ona hikoyasi»), Po’lat («zarafshon qizi»), Nodir («Guli siyoh»), Armon («Qizbuloq»), Norqo’zi («Yoshlikda bergan ko’ngil»), Usmonali («Navoiy Astrobodda»), ota-izor («mangu mash’al»), kul («na malakman, na farishta»), Ota («Devona») kabi 200 dan ortik, rol ijro etgan. Xonanda sifatida «yangra sozim», «Sevgi niholi» , «Ochil gulim», «na’matak», ] «baet IV» «parvona bo’libman», «aqli raso bo’lsin», «Yigit va qiz dueti», «otmagay tong», «Abduraxmonbegi» kabi qo’shiq va ashula yo’llari bilan tanilgan. Po’latov telvizion va videofilmlar, telepostanovka va telenovellalar («na’matak», «gul va inson», «Qorako’z», «ko’ngil ko’chalari», «sud davom etadi», «bir go’zal bormish» va boshqalar) da bir kancha rollar ijro etgan. Shuningdek, kinoda («Gulistondan judo», «Ko’zlarim yo’lingda», «kim jinni» va boshqalar) ham suratga tushgan. 1960 yildan «tabassum» radiojurnalining boshlovchilaridan, dublyaj san’atida ham barakali ijod qilgan. Po’latov haqida «san’atga Baxshida umr» (rejissyor Sh. Xo’jayev) filmi ishlangan. «Shuxrat» medali bilan mukofotlangan (1995).