Poliklet

Poliklet (Polykleitos) (miloddan avvalgi 5-asr 2-yarmi) — yunon haykaltaroshi va san’at nazariyotchisi, yuksak klassikaning yetakchi namoyandalaridan. Polikletning bronzadan yasalgan «Dorifor», «yarador Amazonka», «Diadumen» va boshqa haykallari nusxalaridan va qadimgi mualliflarning yozmalaridan ma’lum. Polikletning «Risola»sidan ayrim parchalargina saqlangan. Inson tanasi go’zalligi va ideal mutanosibligi hamda uyg’unligini raqamli qonunda ifodalab bergan. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan.