Polikrat

Polikrat (? — miloddan avvalgi taxminan 523 yoki 522) — Samos oroli tirani (hokimi; taxminan 540 yildan). Davlat miqyosida tangalar zarb etgan, qurilish ishlari olib borgan, harbiy va savdo floti, shuningdek, armiya tuzgan; kichik Osiyo va Egey dengizi orollaridagi shaharlar bilan savdo yo’liga egalik qilish uchun kurashgan.