Polineziya
Polineziya (Yun. poli… va nesos — Orol) — Okeaniyadagi orollar. Tinch okeanning Markaziy qismida, 23°30′ sh.k. — 28° j.k. va 176° shq.u. — 109°20′ G’.u.lar oralig’ida. P. tarkibida Tonga, Gavayi, Tuvalu, Feniks, Tokelau o.lari, Kuk ar- xipelagi, G’arbiy Samoa, Sharqiy Samoa, Layn, Tubuai, Markiz o.lari, Pasxa o., Jamiyat o.lari, Tuamotu o.lari va b. bor. Mayd. 26 ming km2. Orollarning aksari qismi vulkan otilishi natijasida pay- do bo’lgan yoki marjon orollardir. Vul- Kan orollari relefi tog’lik (eng baland joyi 4205 m, Gavayi o.dagi Mauna-Kea so’ngan vulkani), marjon orollarining er usti yassi va pasttekislik. Gavayi, Samoa va Tonga o.larida xarakatdagi vul- kanlar mavjud. Foydali kazilmalardan fosforit, boksit konlari bor. Orollar marjon riflari b-n o’ralgan. Iqlimi ekvatorial, tropik, passatli iqlim. O’rtacha yillik t-ra 22-26°. Yillik yog’in 1500 mm dan 3500 mm gacha, kuchli dovul- lar bo’lib turadi. Orollar doim yashil subekvatorial va tropik o’rmonlar b-n qoplangan, shamolga teskari yon bag’irlar savannalardan iborat. Sohillarda ko- kos palma-si, non daraxti, pandanuslar usadi. Kofe, kakao, kauchukli daraxt- lar o’stiriladi. Shakarqamish, ananas, sholi, yams, maniok etishtiriladi. Den- giz hayvonlari ovlanadi, marvarid oli- nadi. Xalqaro turizm rivojlangan. P. orollari evropaliklarga 16-a. oxiridan ma’lum.