Poliolefinlar

Poliolefinlar — olefin qatori (etilen, propilen, butilenlar va boshqalar)dagi to’yinmagan uglevodorodlarning polimerlanishidan hosil bo’ladigan sintetik polimerlar. Poliolefinlarning fizik-mexanik va kimyoviy xossalari ularning tabiatiga va olinish usuliga bog’liq. Poliolefinlar ishlab chiqarilish ko’lami va turli sanoat tarmoqlarida qo’llanishi jihatidan sintetik polimerlar ichida birinchi o’rinda turadi.