Polyaroid

Polyaroid (Yunoncha polos — qutb va eidos — ko’rinish) — tabiiy yorug’likdan chiziqli qutblangan yorug’likni ajratib oladigan yupqa shaffof parda ko’rinishidagi optik asbob; Polyaroid ishi dixroizm (oddiy va murakkab yorug’lik oqimlarining har xil yutilishi) hodisasiga asoslangan. Qutblagich (polyarizator) turlaridan biri.