Pompidu (Pompidou) Jorj
Pompidu (Pompidou) Jorj (1911.5.7, Monbudif — 1974.2.4, Pa- Rij) — Frantsiya davlat va siyosat ar- bobi. Qarshilik ko’rsatish harakatiga qo’shilgan (1940). Sh. de Goll’n birga- likda «frantsuz xalqini birlashtirish» partiyasini tuzishda katnashgan (1947). 1962-68 y.larda bosh vazir. 1969-74 y.larda Frantsiya prezidenti. Tashki siyosat bobida P., asosan, general de Goll tomonidan ishlab chi-qilgan ta- moyillarga tayangan, jumladan, Frantsi- yaning xalqaro keskinlikni yumshatish, qurollanish poygasiga chek qo’yish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishiga muhim hissa qo’shishi lozimli- gini ta’kidlagan. 1970 y. P. SSSRga rasmiy tashrif b-n kelib, O’zbekistonda ham bo’lgan.