Port
Port (lot. portus — Bandar), bandargoh — dengiz yoki dare qirg’og’ida kemalar turadigan, ta’mirlanadi- gan, kemalarga yuk ortish-tushirish, yo’lovchilarni chikarish va tushirish uchun xizmat qiladigan muhandislik insh0-otlari va qurilmalarini o’z ichiga oladigan maxsus joy. P. ko’pincha trans- port uzeli — yuklar yoki yo’lovchilarni kemalardan qurukdikdagi transport vo- sitalariga (yoki aksincha) o’tkazish vosi- tasi hisoblanadi. P. lar dengiz va dare P.lariga, ular fuqaro (savdo) va harbiy P.larga bo’linadi. P. ishlari hajmi kema, yuk (yo’lovchilar) aylanmasi va utkazish imkoniya-ti kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar b-n o’lchanadi. Yirik P.larning yuk ay- lanmasi yiliga 270 mln. t va undan ko’pni tashkil qiladi. Birinchi P. taxm. mil. AV. 4-ming yillikda O’rta dengizda paydo bo’lgan.