Po’rtana

Po’rtana — uzoq vaqt davom etadigan kuchli shamol; odatda, tsiklon o’tayotganda kuzatilib, quruqlikda ozmi yoki ko’pmi vayron keltiradi va dengizlarni kuchli to’lqinlantiradi. Shamolning kuchi Bofort shkalasi bo’yicha 9 ball (21-24 m/s) ni tashkil etadi. Bundan kuchliroq shamollarga kuchli Po’rtana, qattiq Po’rtana, dovul, bo’ron deyiladi.