Portlatkich
Portlatkich — snaryad, mina, bom-balardagi portlovchi moddalarii portlatish uchun ishlatiladigan mexa- nizm. Zarbiy P. (snaryad, bomba, mina va b.ning biron narsaga urilishi nati-ja- sida harakatga keladi), distan-tsion P. yoki distantsion naycha (snaryad, bomba va raketalarning uchish tra-ektoriyasida mu- ayyan vaqt o’tgach hara-katga keladi), kon- taktsiz P. (radiolokasion, infraqizil, optik, akustik P. — snaryad, bomba, mina va b. nishonga tegmasdan, undan muayyan uzokdikda harakatga keladi), ijro-ch i P. (kodlashtirilgan tashqi signalni qabul qilib, harakatga keladi) kabi turlarga bo’linadi. Hamma turdagi P., umuman, detonasiya zanjiri, portlatuvchi mexa- nizmlar (tepki, elektr kontakt va b.) va saqlagich mexanizmlaridan iborat. P.da detonasiya mexanik (alangalatuv- chi piston yoki piston-detonator tepki urilishi yoki ishkalanish natijasida ishlaydi), elektr toki (elektr detona- tor elektr vosi-tasida ishlaydi) va ki- myoviy (singan ampuladan quyilgan Rea- Gent yonuvchi tarkibni Alan-galantiradi) usulda hosil qilinadi. Nishonga tekkan- dan keyin portlash vaqtiga ko’ra, P. oniy va sekin harakatga keladigan turlarga bo’linadi. Artilleriya va aviasiya P.ini oniy harakatga keltirish uchun snaryadni otishdan oldin uning saqlagich qopqog’i buraladi yoki snaryad, bombaga o’rnatilgan parrak aylanib, saklagich qrpqog’ini buraydi. Muhandislik minalaridagi P.ni oniy harakatga keltirish siquvchi, tortuvchi, bosuvchi yoki yukni engillash- tiruvchi moslamalar yordamida amalga oshiriladi. P.ning harakatga kelishini sekinlatish uchun detonasiya zanjiriga sekinlatkich qo’yiladi yoki soat mexa-niz- mi, kimyoviy reagent o’rnatiladi.