Portlovchi moddalar

Portlovchi moddalar — tashqi ta’sirlar (zarba, issiklik va b.) natija- sida katta tezlik b-n kimyoviy reaktsiyaga kirishib, ko’p issiklik va gaz ajratib chiqaradigan kimyoviy bi-rikmalar yoki moddalar aralashmasi. Bu reaktsiyalar P. m.ning qizishi, unga berilgan zarb, ishqalanish, shuning-dek, boshqa P. m.ning portlashi yoki qandaydir tashqi ta’sir natijasida sodir bo’ladi va za- ryad bo’ylab issiqlik tashigich (yonish) yoki zarbiy to’lqin (detonasiya) yordami- da energiya uzatish hisobiga tarqaladi. Kondensatlangan qattiq va suyuq mod- dalar, gazlar, shuningdek, gazlardagi qattiq yoki suyuq moddalarning muallaq zarralari P.m. bo’la oladi. Detonasiya- da reaktsiya shid-datli boradi va Gazsi- mon mahsulotning t-rasi bir necha ming gradusgacha ko’tarilib, hajmi zaryadning dastlabki hajmigacha siqiladi, bosi- mi bir necha yuz ming kg.kuch/sm2 gacha ko’tariladi. Siqilgan gaz tez kengayib, tevarakka kuchli zarb b-n tarqaladi — portlash yuz beradi. Portlay oladigan ko’pgina moddalardan 20-30 ga yaqini P. m. si-fatida ishlatiladi. Shulardan asosiylari: trinitrotoluol, tetril, geksogen, oktogen, nitrogliserin, ten (tet-ranitropentaeritrin) va b.