Portugal tili
Portugal tili — roman til- laridan biri. Portugaliya, Braziliyada, Afrikaning bir qancha mamlakatlari- da, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ortiqroq (jumladan, por- tugaliyada 15 mln.ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bi- Sau, Kabo-Verde, San-Tome va prinsipi respublikalarining rasmiy tili. P.t. 12— 14-a.lardajan. va shim. por-tugal- galisiy shevalarining aralashuvi nati- jasida shakllangan. 16-a. boshida Portu- galiyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hoz. P.t.ning 2 asosiy varianti — Portu-galcha va brazilcha va- riantlari mavjud (ular, asosan, foneti- ka va leksika sohasida o’zaro farklana- Di); brazilcha variantda mahalliy nar- sa-ashyolarni ifodalovchi indeys so’zlari ko’plab uchraydi. P.t. ning afrikancha va- rianti esa shakllanish arafasida. Por- tugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mav- jud; Jan., Markaziy va shim. Brazili- yada shim. va Jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli o’zaro farqlanmaydi. P.t.ning fonetik qurilishi urg’usiz bo’g’inlarning, asosan, so’z oxirida reduk- tsiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, shuningdek, burun unlilarining, ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi b-n boshqa roman tillaridan farklanadi. Hoz. P.t.da lotincha zamon shakllaridan uzoq o’tgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan. P.t.dagi dastlabki adabiy yodgorlik va hujjatlar 12-a.ga mansub. Hoz. ada- biy P.t. 16-a.da, Luish Di Kamoens ijod qilgan davrda shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.