Postindustrial jamiyat
Postindustrial jamiyat -rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 2-yarmidan ijtimoiy taraqqiyotda vujudga kela boshlagan yangi bosqich. Termin o’tgan asrning 70-yillaridan ishlatiladi boshlandi; boshqa nazariyalarda — texnotron jamiyat (Z.Bjezinskiy), axborot jamiyati, postkapitalistik jamiyat deb ataladi. Postindustrial jamiyatda xizmat sohalarining ahamiyati ortadi, fan va ta’lim (universitetlar) asosiy o’rinni egallaydi; ijtimoiy tizimda yetakchilik mavqei olimlar va kasb mutaxasisslariga o’tadi; nazariy bilim yangiliklar kiritish va siyosatni shakllantirish manbai bo’lib xizmat qiladi; axborot olish, tarqatish va undan foydalanish jamiyat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.