Potanin muzligi

Potanin muzligi — Oltoy tog’laridagi eng yirik vodiy muzligi. Mongoliya hududida. Tabin-Bogda O’la tog tugunining Sharqiy yon bag’rida. Uzunligi 19 kilometr, kengligi 2,5 kilometrgacha. Pastki chegarasi 2900 metr balandlikda. Maydoni qariyb 50 km2. Muzlikdan erigan suvlar Kobdo daryosi havzasiga oqadi. Potanin muzligini 1905 yilda rus geografi V.V.Sapojnikov (1861 — 1924) tadqiq etgan va G. N. Potanin nomiga qo’ygan.