Potentsial to’siq
Potentsial to’siq (fizikada) — fazoning chegaralangan sohasi; bu sohada zarraning potentsial energiyasi uning to’liq energiyasidan katta bo’ladi. Sohaning ikkala tomonida potentsial energiya keskin pasayadi. Potentsial to’siq itarish kuchiga mos keladi.