Poyandoz

Poyandoz (forscha — oyoq va solmoq) — alohida hurmat belgisi sifatida mehmon oyog’i ostiga to’shaladigan gazmol, gilam yoki ko’rpacha. Qadimdan Poyandoz obro’li mehmonlar kutib olinganda, kelin tushirganda ishlatilgan. Hozir idora va tashkilotlarda yo’lak-dahlizlarga ham gilam- Poyandoz solinadi.