Pozitron
Pozitron [lot. posi (tivus) — mus- BAT va elektron], e* — musbat elektr zaryadli elementar zarra, elektronning antizarrasi. Uning zaryadi e=1,602189- 10-» kl.; massasi /ya=0,91093 — yu»30 kg; magnit momenti SS=9,2848-10-24 J/TL. P. spini 1/2 ga teng bo’lib, Fermi — Di- rak statis-tikasiga bo’ysunadi. Anti- zarralarning mavjudligini birinchi bo’lib P. Dirak bashorat qilgan (1931). Bu nazariyaga asosan zarra va antizarra- ning massasi, yashash vaqti va spinlari bir xil bo’lib, elektr zaryadi va magnit mo-mentlari modul jihatdan teng, ammo ishoralari qaramaqarshi bo’lishi ke- rak edi. Keyinchalik ular tajribalarda to’la tasdikdandi. Birinchi antizarra — P.ning mavjudligini K. D. Anderson kuchli magnit maydoniga joylashtiril- gan Vilson kamerasi yordamida kashf etgan (1932). P. elektromagnit, gravitasion va kuchsiz o’zaro ta’sirlarda ishtirok eta- Di va leptonlar sinfiga kiradi. Sta- tistik xususiyatiga kura, P. fermion hisoblanadi. P. turg’undir, lekin u elektron b-n to’qnashganda e+ eg juftlar annigilyasiya hodisasi sodir bo’lganligi uchun jismda qisqa vakt yashaydi. Mas, qo’rg’oshinda P.ning yashash vaqti 5-10-» s ga teng. P.lar bir zarraning ikkinchi zarraga aylanish jarayoni (mas, myuonning Emi- rilishida, u — kvantlarning P. elektron juftini hosil qilish jarayonida va ba’zi radioaktiv izotoplarning beta emirilishi)da hosil bo’ladi. Beta Emi- rilishdan hosil bo’lgan P.dan tekshirish maqsadlarida foydalaniladi. P.ning jismda sekinlashish va annigilyasiya ja- rayonlari jiemning fizik va kimyo-viy xossalari (mas, kristall panja-raning defekti, elektron o’tkazuvchanlikning tezliklar bo’yicha taqsimoti, ba’zi bir kimyoviy reaktsiyalar kinetikasi) to’g’risida ma’lumot beradi.