Predikat

Predikat (lotincha praedicatum — aytilgan) — 1) mantiqda — til predmeti haqida aytiladigan hukmning ikki termini (predikat va sub’yekt)dan biri; mantiqiy kesim, ya’ni hukmdan sub’yekt haqida xabar beruvchi bo’lak. Masalan: buyruq direktor tomonidan berildi; 2) tilshunoslikda — kesim.