Proton
Proton (Yun. protos — birinchi), r — musbat elektr zaryadi u=1,6021917- 10~» kl ga ega barqaror elementar zar- ra. Tinch holatdagi massasi tr = 1,6726- 10~27 kg ga, spini 1/2 ga va magnit mo- menti sr=2,792782 syad ga (syad — yadro magneto-ni) teng. P. kuchli, elektromag-nit, kuch-siz va gravitasion o’zaro ta’sir ja-rayonlarida qatnashadi va u barionlar sinfiga kiradi; Fermi —Dirak sta- tistikasiga bo’ysunadi. U vodorodning eng engil izotopi — protiyning yadrosi hisoblanadi. P. barcha kimyoviy elementlar atomi- ning yadrosi tarkibiga kiradi. Yadrodagi P.lar soni kimyoviy elementning atom raqamini, ya’ni D. I. Mendeleev davriy sistemasisags o’rnini bildiradi. Chu- nonchi, vodorod atomi yadrosi 1 ta P.dan tashkil topgan. P. — birlamchi kosmik nurlarning asosiy qismi. Zaryadlangan zarralar tezlatkichlarida olingan P. dastalari yadro fizikasi va elementar zarralar Fi-zikasida asosiy tajriba quroli hisoblanadi. Radioaktivasiya tahlilida, shuningdek, radioaktiv izo- toplarni olishda P.dan foydalaniladi. Tabiatda P.ga antizarra hisoblanuvchi antiproton ham mavjud. Antiproton- ning hamma zaryadlarining ishorasi P. zaryadlariga teskari bo’ladi. P. haqidagi tasavvur 1910 y.larda barcha yadrolar vodorod atomi yadrosidan tuziladi, degan gipoteza tarzida yuzaga keldi. 1919-20 y.larda E. Rezer-Ford boshka elementlardan a-zarralar urib chiqargan vodorod yadrolarini tajriba- da kuzatdi va u 20-y.larda fanga «P.» terminini kiritdi. Elementlar tartib rakamlarining atom massalaridan ki- chikligi haqidagi masala neytronning topilishi b-n 1932 y.da uzil-kesil hal qilindi.