Protsent

Protsent (lotincha procentum — yuz hisobidan), foiz — 1) sonning yuzdan bir ulushi; % belgi bilan ifodalanadi. Masalan, 8 sonining 5 foizi (%) 0,4 ga teng. Sonning mingdan bir ulushi, ya’ni Protsentning o’ndan bir ulushi promille deb ataladi (%o bilan belgilanadi). Protsent xo’jalikda moliya va statistik hisoblashlardagi miqdorni baholash va taqqoslash uchun ishlatiladi; 2) kreditorlar pulni ssudaga berganligi uchun qarzdordan undiradigan qo’shimcha haq.