Prut
Prut — Ukrainadagi va qisman Moldaviyaning Ruminiya bilan bo’lgan chegarasidagi daryo. Dunayning chap irmog’i. Uzunligi 989 kilometr, havzasining maydoni 27,5 ming km2. Yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 80 m3/sek. Sharqiy karpat tog’laridan boshlanadi. Yanvarda muzlab, martda muzdan bo’shaydi. Irmoqlari: chapdan — Rakoves, chugur; o’ngdan — Cheremosh, Jijiya, Baxluy. Dare etagidan Leovo shahargacha kema qatnaydi. Prut bo’yida Yaremcha, Kolomiya, Chernovsi, Snyatii, Ungeni, Leovo shaharlari joylashgan.