Puankare (Poincare) Raymon
Puankare (Poincare) Raymon (1860.20.8, Myoz departamenti — 1934.15.10, Parij) — Frantsiya Prezidenti (1913-1920 yil yanvar), bosh vazir (1912-1913 yil yanvar, 1922-24 va 1926-29), bir necha marta vazir; senator (1903-13 va 1920). Puankare mamlakatni harbiylashtirish va urushlar olib borish siyosatini yuritgan. U Rossiyada fuqarolar urushi yillarida sovetlarga qarshi harbiy interventsiya tashkilotchilaridan biri.