Pul fetishizmi
Pul fetishizmi (Fransuzcha Feticheisme, portugalcha fetico — tumor, mo’jiza) — pulni ilohiylashtirish, unda mo’jizaviy kuch bor deb qarash, unga sig’inish. Pulning tovarlik tabiatini, pul bilan tovar massasi o’rtasidagi aloqalarni tushunmaslik, shuningdek, iqtisodiyotda va hayotda pulning ahamiyati va o’rnini bo’rttirib ko’rsatish Pul fetishizmini paydo etadi. Pul fetishizmi juda yashovchan, ayniqsa, pulga deyarli hamma narsa sotiladigan va sotib olinadigan, pulga egalik jamiyatda katta iqtisodiy imkoniyatlar ochib beradigan, obro’-e’tiborni oshiradigan jamiyatlarda bu narsa yaqqol ko’rinadi. Jamiyatda sog’lom iqtisodiy munosabatlar va ma’naviyatning yuksalishi bilan Pul fetishizmi yo’qolib boradi.