PUL-KREDIT SIYOSATI

PUL-KREDIT SIYOSATI — hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo’li va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini ta’min- lashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, odatda, uni Markaziy bank amal- ga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki ko’pay-tiriladi, inflyasiyann pasay- tirish chora-tadbirlari ko’riladi. Mar- kaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga to’g’ridan-to’g’ri — o’zining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali ta’sir o’tkazishi mum- kin.P.-k.s. bevosita va bilvosita vosi- talar orqali amalga oshiriladi. Bevo- Sita vositalar — moliyaviy in-tlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stav- kalari)ni yoki ular haj-mini to’g’ridan- to’g’ri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat ban- klaridagi mavjud depozit kurinishida- gi pullarni hamda ular tomonidan be- riladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy in-tlar resurslarita bozor mexanizm- lari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operasiyalar, tijorat ban- klarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat ban- klaridan depozitlarni qabul qilish va b.) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta’sir etiladi. Markaziy bank foydalanadigan vo- sitalarning har biri foiz stavkalari- ning o’sishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim bo’lganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksin- cha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bo- zordagi operasiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning bo’lishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-k.s.ning aso- siy tarkibiy qismlarini tashkil etadi (q. Valyuta siyosati).