Pulmonologiya
Pulmonologiya (lot. Pulmonis -o’pka va …logiya) — klinik tibbiyotning bir bo’limi; o’pka, bronxlar va plevra kasalliklarini o’rganadi. Ularni ani- klash, davolash va oldini olish usulla- rini ishlab chiqadi. P. nisbatan yangi soha bo’lganligi uchun 70-y.lar oxirla- ridan boshlab uni mukammal o’rganishga kirishildi. Ilgari O’zbekistonda «pax- ta yakka xokimligi» natijasida yuzaga kelgan ekologik o’zgarishlar va ko’p mik- dorda ishlatilgan pestisidlar ta’si- rida o’pkaning surunkali nospesifik kasalligi, ayniqsa, qishloq joylarida ko’payib ketgan edi, shularni hisobga olib Toshkentda 1978 y. Toshkent vrach- lar malakasini oshirish it-ti qoshida klinik P. kafedrasi tashkil etildi va O’zbekistonda pulmonoglar ilmiy maktabi va pulmonologiya xizmati yara- tildi. Hoz. O’zbekistonning shaharlari va viloyatlarida P. bo’limlari tashkil qilingan. 1989 y. dan sil i.t. in-ti Ftizia- triya va pulmonologiya i.t. instituti-ga aylantirildi va u O’zbekistonda shu sohadagi yirik ilmiy markaz bo’lib qoldi. 1990 y.da ftiziatriya va pulmo- nologiya i.t. instituta qoshida Respu- blika pulmonologiya markazi tashkil qilindi. Bu markaz P. sohasidagi i.t. va amaliy ishlarni koordinasiya qilib boradi. O’zbekistonda Markaziy Osiyo- da birinchi bo’lib nospesifik o’pka ka- salliklari (bronxial astma, surunkali bronxit)ning epidemiologiyasi, funktsi- onal diagnostikasi, farmakoterapiyasi, immunologik va klinik allergologiyasi, uning genetik mexanizmlari, bioritmo- logik tashki liy sistemasi va patogene- tik terapiya hamda meqnat qobiliyatini tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. P.da turli tadqiqot usullari: rentgenologik (tomografiya, bronxogra- fiya), en-doskopik (traxeobronxosko- Piya), funktsional diagnostika usullari va h.k. qo’llanadi. X.oz. O’zbekistondagi mavjud tibbiyot in-tlari, vrachlar mala- kasini oshirish in-tida P. kafedralari, shuningdek, klinik shifoxonalar tarki- bida P. bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistonda P.ning rivojlanishida A.M. Ubaydullaev, D. X. Mahmudova, Sh. U. Ismoilov, M. A. Yakimova, B. S. Ari- pov va b. olimlarning xizmatlari katta. Abdulla Ubaydullaev.