Pulpa

Pulpa — 1) tishning yumshoq to’qimasi. Har bir tish o’rtasidagi bo’shliqni to’ldirib turadi. Tishni qon bilan ta’minlaydigan qon tomirlari, limfa tomirlari va nerv tolalaridan tashkil topgan; Pulpada tishdagi qattiq to’qimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor. 2) taloqnning asosiy massasi; retikulyar to’qimadan tuzilgan.