Qalampirgul
Qalampirgul — rezedagullilar oilasiga mansub bir yillik o’simliklar turkumi. O’rta dengiz bo’yi mamlakatlarida, Sharqiy Afrika va Hindistonda tarqalgan. G’arbiy Sibirda 1 turi, O’rta Osiyo va Kavkazda 10 turi uchraydi. Barglari ketma-ket joylashgan, gullari mayda, ikki jinsli, boshoqsimon yoki shingilsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi ko’sakcha. Adirlar, Toshloq yerlarda, ba’zi turlari ekinlar orasida begona o’t sifatida o’sadi. Gulchilikda, asosan, xushbo’y Qalampirgul turi ekiladi. Gullari oq, xushbo’y, may—iyun oylarida gullab, urug’laydi. Xushbo’yligi tufay Sariqkelampirgulli parfyumeriya sanoatida xushbo’y pardoz moy (pomada) tayyorlashda foydalaniladi. Ochiq erga urug’ini sepib ko’paytiriladi. Sariq Qalampirgul turining iddizidan sariq bo’yoq olinadi.