Qalandarxona masjidi

Qalandarxona masjidi — Samarqand viloyati (Kattaqo’rg’on hududi) dagi me’moriy yodgorlik (1909— 10). Nurilla Maxsum rahbarligida qurilgan. Masjid xonaqoh, ayvon, bosh tarzi oldidagi katta hovuz va minoradan iborat. Xonaqoh murabba tarhli, to’rt ustunli; 9 bo’lakka bo’linib Markaziy qismiga Hovuzak ishlangan shifti va ustunlari serhasham bezatilgan. Ayvon shiftidagi naqshlar hamda murakkab muqarnasli hovuzaklar jozibador; minora g’ishtlari mavj usulida terilib, bezagida ko’k va havo rang koshinlardan foydalanilgan.