Qalin

Qalin — nikoh to’yi bilan bog’liq odat, ba’zi joylarda «sut puli» ham deyiladi. Qalinning paydo bo’lishi Matriarxatdan patriarxatga o’tish davriga borib taqaladi. Bu davrda nikohdan so’ng kelinni yashash uchun kuyov xonadoniga olib ketish rusum bo’lgan. Dastlabki vaqtlarda kelin uchun umumiy tarzda uning urug’iga, keyinchalik ota-onasi yoki qarindosh-urug’iga biror sovg’a berishgan. Qalin sifatida kiyimkechak, oziq-ovqat, jonliq, qimmatbaho taqinchoqlar, mol-mulk va pul beriladi. Qalin olish odatining paydo bo’lishi, birinchidan, qizning o’z ota-onasi uyida oila uchun foyda keltiruvchi ishchi kuchi sifatida uning xizmatidan foydalanish imkoniyatining yo’qotilganligi bilan, ikkinchidan bo’lajak kuyovning uyiga olib ketiladigan sep, asbobanjom, mol-mulk bilan ham bog’liqdir. Undan tashqari, Qalin kuyovning barcha urug’aymog’idan to’plab berilgani uchun ular kelinkuyovning nikohini mustahkam bo’lyshiga harakat qilganlar. Qalin to’lash hanuzgacha ko’pgina Sharq mamlakatlarida (O’rta Osiyo va Kavkazda) saqlanib qolgan. Keyingi yillarda O’zbekistonning ba’zi joylarida «sut puli» shaklida Qalin berish kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, nikoh to’ylarini tartibga solish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, Qalin bilan bog’liq muammolar ham o’z yechimini topmoqda.