Qanotlilar

Qanotlilar — hasharotlar kenja sinfi (boshqa sistemaga ko’ra guruhi). Voyaga yetgan davrida qanotlarining bo’lishi bilan birlamchi qanotsiz hasharotlardan farq qiladi. Ayrim turlarining qanotlari ikkilamchi tarzda yo’qolib ketgan (ikki qanotlilar). Voyaga yetgan davrida tullamaydi (kunliklar bundan mustasno). Qanotlarining holatiga binoan qadimiy qanotlilar (ninachilar, kunliklar) va yangi qanotlilar (to’g’ri qanotlilar, beshiktervatarlar, yarim qattiqqanotlilar, tengqanotlilar, tangachaqanotlilar, qattiqqanotlilar, pardaqanotlilar, to’rqanotlilar va boshqalar) ga bo’linadi. 30 ga yaqin turkumi bor. Ayniqsa, nam tropik o’rmonlarda keng tarqalgan.