Qarag’an
Qarag’an — dukkakdoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi butalar yoki past bo’yli daraxtlar turkumi. Sharqiy Yevropa va Osiyoda 70 turi ma’lum. Rossiyaning Yevropa qismi, O’rta Osiyo, Xitoy va Sayanda 37 turi tarqalgan. Cho’l, dasht, Daryo qirg’oqlari, tog’yon bag’irlari va siyrak o’rmonlarda o’sadi. Ko’pgina turlari ekiladi. Qadimdan ekiladigan va eng ko’p tarqalgan daraxtsimon Qarag’an yoki sariq akasiya (S. ag’oge$sep$) turi (buta)ning (kam hollarda daraxt ko’rinishida uchraydi) bo’yi 0,5—2 metr. Barglari ketma-ket yoki to’p-to’p bo’lib joylashgan, gullari sariq, ikki jinsli, to’pgulga yig’ilgan. Ildiz tizimida azot to’plovchi tuganaklari bor. Sovuq va qurg’oqchilikka chidamli. Q.ning barcha turlari bog’larda, xiyobonlarda manzarali o’simlik hamda yashil devorlar hosil qilish, ihota mintaqalari yara- tish, jar bo’ylarini mustahkamlash uchun ekiladi. Urug’idan ko’payadi.