Qatlama

Qatlama — oddiy xamirdan yupqa yoyib, yog’da pishiriladigan taom. Boshqa shu kabi pishiriklardan qatlamligi bilan ajralib turadi. Qatlama tayyorlash uchun suv va tuz qo’shib oddiy xamir qoriladi, kattaroq zuvalalar uzib, o’rab, 10-12 minut tindirib qo’yiladi. So’ngra har bir zuvala o’qlog’i bilan yupqa (1-2 millimetr) qilib yoyiladi va yoymaga qaymoq yoki sariyog’, maska yog’i, eritilgan qo’y yog’idan surtilib, ruletsimon o’raladi, undan 5-6 santimetrli bo’laklar kesiladi. Bo’laklar Jo’vada alohida-alohida 0,5—1 santimetr qalinlikda yoyiladi, qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yog’surtib, avval bir tomoni, so’ngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Ba’zan pishgan Qatlamaning yuziga ta’bga ko’ra shakar yoki qand upasi sepiladi.