Qavchin, kauchin

Qavchin, kauchin — o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Qavchin Chig’atoy ulusitt eng yirik 4 qabiladan biri (Jaloyir, barlos va arlot) sanalgan. Chingizxon bu 4 qabilani (4 ming jangchi bilan) o’g’li Chig’atoyga berib, ularning har qaysisi uchun tegishli hudud ajratgan. Qavchinlar Amudaryoning yuqori havzasidagi yerlarga joylashganlar. Qavchinlar, asosan, yarim o’troq holda yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ular bir qancha urug’larga bo’lingan. Shulardan eng yiriklari beguzuv, balxi, ko’rpachuvish, bo’zchi, kashmiri, Sulaymon, Imom, bo’yin, tugal, po’la Sherali, tuyabo’yin kabilardir. 1920-yillarga kelib O’zbekiston hududida 25 ming kishiga yaqin Qavchin bo’lib, ular, asosan, hozirgi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Qavchinlardan 2 mingga yaqin kishi Karki (Turkmaniston) da ozroq qismi Ko’lob vodiysi (Tojikiston)da yashagan.