Qavomuddin Sheroziy
Qavomuddin Sheroziy (? 1440) — me’mor; Shohrux saroyidagi bosh me’mor (15-asr). An’anaviy me’morlikda shaklu shamoyillarni mahorat bilan tatbiq etgan, ravoqlar kesishishi uslubini rivojlantirgan. Mashhaddagi Gavharshod begim me’moriy majmuasi (1405-18), Hirotdagi Musallo majmuasi (1417-38) va Xoja Abdulla Ansoriy maqbarasi (1428— 29), Hargirddagi madrasa (1440) va boshqalar mahobatli binolarning tarhini tuzgan va qurilishiga rahbarlik qilgan.