Qazg’antov koni

Qazg’antov koni — Sulton Uvays tizmasining Markaziy qismida (Qadimgi Xorazm) joylashgan qadimiy talk koni. Kon hududida qiya shtolnya va shurflar, karersimon o’ra va chuqurlar bo’lib, ular talkli jinslar ko’p bo’lgan zonalar bo’ylab 5-10 metr chuqurlikkacha — grunt suvlari sathigacha qazilgan. Kovlangan joylar yonida qadimiy konchilar yashagan tosh uylarning qoldiqlari saqlangan; sopol buyumlar, tangalar ham topilgan. Shu topilmalarga ko’ra kon 10, 12-14-asrlarga oid deb hisoblanadi. Bu davrda O’rta Osiyoda talkdan ishlangan buyumlar keng tarqalgan. Qadimiyda talkli jinslar olovbardosh va oson ishlanadigan material sifatida yuqori baholangan. Talkdan qozon va boshqalar idishlar yasashda foydalanilgan. O’rta asr olimlari Maqdisiy, Beruniy va boshqalar asarlarida ko’rsatilishicha, Xorazm talk qazib olinadigan markazlardan biri bo’lgan.