Qirg’ovullar

Qirg’ovullar, tustovuqlar — qirg’ovulsimonlar oilasiga mansub qushlar urug’i. 2 turi ma’lum. Tanasining uzunligi 85 santimetr, og’irligi 1,7—2 kilogramm. Modasi naridan kichik. Nari yorqin tusda, metalldek yaltiraydi. Modasi kulrang-sarg’ish. Oddiy qirg’ovulning 30 ga yaqin kenja turi mavjud. Kavkazdan Yaponiyagacha bo’lgan joylarda tarqalgan. O’rta Osiyoda Kaspiyning Janubiy-Sharqiy qismidan Issiqko’lgacha bo’lgan hududlarda uchraydi. Zarafshon bu yurtmaxonasi, shuningdek, ovchilik xo’jaliklarida Qirg’ovullar ko’p. O’rmon hamda ekin maydonlari atrofidagi, daryo va ko’l qirg’og’idagi chakalakzor to’qaylarda yashaydi. Uyasini yerga yasaydi. 8-18 ta tuxum qo’yib, 24— 25 kun bosadi. Urug’, meva, kurtak, hasharot, chuval- chang va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Go’shti va pari uchun ovlanadi. Qirg’ovullar ko’pgina ovchilik xo’jaliklarida ko’paytiriladi. Ko’plab ovlangani sababli joylarda Qirg’ovullar soni kamayib ketgan. Biroq Qirg’ovullar ga sharoit yaratilsa, sonini tez tiklash xususiyatiga ega. Yaponiyada yashil qirg’ovul tarqalgan.