Qirsichqonlar
Qirsichqonlar — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlarning kenja oilasi. Ba’zi olimlar fikricha, mustaqil oila. 40 ga yaqin urug’i mavjud. Shimoliy yarim shar materiklari va ko’pgina orollarida, shimoliy Afrika, Hindiston, Yaponiya, Kuril, Komandor orollari, shuningdek, Meksikaning shimoliy qismigacha bo’lgan joylarda tarqalgan. Tanasining uzunligi 10-12 santimetr, ba’zilariniki 36 santimetrgacha. Dumi tanasining yarmicha. Rangi — qo’ng’ir yoki kulrang. Jag’ tishlari doim o’sib turadi. Ko’pchilik turi koloniya bo’lib yashaydi. Yil bo’yi faol hayot kechiradi. O’simliklarninger ustki qismlari bilan oziqlanadi. Yilda 4-6 marta 4-8 tadan bola tug’adi. Ko’pgina qishloq xo’jalik ekinlarining xavfli zararkunandasi. Tulyaremiya, leptospiroz kabi kasalliklar qo’zg’atuvchilarining tabiiy manbai. Yirik turlari (masalan, ondatra) mo’ynasi uchun ovlanadi. O’zbekistonda oddiy Qirsichqonlar, zakaspiy qirsichqoni, jamoatchi Qirsichqonlar va boshqalar tarqalgan.