Qo’g’adoshlar

Qo’g’adoshlar — ko’p yillik o’tlar. 1 turkum (qo’g’a) va 15 turdan iborat. Yevropa va shimoliy Amerikada keng tarqalgan. O’zbekistonda 6 turi daryo, kanal, ariq bo’ylarida, ko’llar atrofida o’sadi. Poyalari 30— 200 santimetr atrofida; silliq, bo’g’imlarga ajralmagan. Barglari qalami, 2 qator bo’lib o’rnashgan. Gullari 1 jinsli, gulqo’rg’onsiz. Changchi gullari to’pgullarning yuqori qismida, urug’chi gullari esa pastki qismida joylashgan. Iyun—avgustda gullab, meva beradi.