Qoratog’daryo
Qoratog’daryo — Surxondaryo viloyatidagi daryo. Surxondaryoning yirik chap irmog’i. Uzunligi 99 kilometr, havzasining maydoni 684 km2. Hisor tizmasining Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Tog’lar orasida tor, yon bag’irlari tik va baland vodiyda oqadi. Tskislikka oqib chiqqach, Daryo vodiysi kengayadi. Daryo o’zani shag’al, tosh, qumtosh va boshqa jinslardan tuzilgan. Asosiy irmoqlari Shirkent va Oqjarsoy. O’rtacha iillik suv sarfi 22,5 m3/sek. Qoratog’daryo yil davomida sersuv bo’ladi. Qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Yillik oqimning 56.7% mart — iyun oylarida. 31,8% iyul — sentabr va 11,5% oktabr — fevral oylarida oqib o’tadi. Daryodan bir necha ariq va kanallar chiqarilgan.