Qo’shmadrasa
Qo’shmadrasa — Buxorodagi ko’sh (muqobila) uslubida bunyod etilgan me’moriy yodgorlik; qadimgi ko’chaning ikki yonini egallagan Abdullaxon madrasasi (1588-90) va Modarixon madrasasi (1566-1567)dan iborat majmua. Ikkala binoning bosh tarzlari bir mujassamot o’qi bo’ylab bir-biriga qaratib qurilgan; majmua uchun ajratilgan joydan mohirona foydalanilgan. Abdullaxon madrasasining tarhi to’rtburchak bo’lgan holda Janub tomoni qisman ichkariga kirgan, g’arbiy va shimol tomonlarida tashqarilariga turtib chiqqan bo’rtiq qismlari mavjud; bo’rtiq qismlarining o’rtasida hovli bo’lib, u 2 qavatli («yorug’li») va gumbazlidir (gumbaz «Ablullaxon fonusi» deb yuritiladi). Modarixon madrasasidan o’tgan mujassamot o’qi darvozaxonaning orqasida sinib davom etadi. Bu madrasani qibla tarafga qaratib qurish zaruratidan kelib chiqqan. Abdullaxon madrasasida ham masjid qiblaga qaratish zaruratidan madrasaning umumiy tarhiga nisbatan burchak ostida qurilgan. Qo’shmadrasa O’rta Osiyoning noyob me’moriy majmualari qatoriga kiradi.