Qo’yho’kiz, qo’ybuqa, mushkli qo’yho’kiz
Qo’yho’kiz, qo’ybuqa, mushkli qo’yho’kiz (OU1008 tozspashz) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvon. Grenlandiya, Kanada, Arktika arxipelagidagi orollarda tarqalgan. Shpisbergen, Nunivak, Nelson orollari va Alyaskaga olib kelingan. Pleystosen, qisman golosenda Yevrosiyo va shimoliy Amerikada ham ko’p bo’lgan. Bo’yi (yag’rinidan) 1,1 metrga yaqin, tanasining uzunligi 2,5 metrcha, og’irligi 300 kilogrammcha. Gavdasi uzun (60-90 santimetrli) qora ko’ng’ir jun bilan qoplangan. Bo’yni qisqa va yo’g’on. Shoxining asosi yo’g’on, uchi qayrilgan. 20-30 bosh Qo’yho’kiz poda bo’lib yashaydi. Avgust-sentabrda urchiydi. Bo’g’ozlik davri 9 oy. 1-2 ta bola tug’adi. Lishaynik, mox va o’tlar bilan oziqlanadi. Qo’yho’kiz soni kamayib ketgan (25 ming boshga yaqin), muhofaza qilinadi. Rossiyaning shimoliy hududlariga Kanadadan olib kelib ko’paytirilmoqda.